YANGILIKLAR

Yangiliklar

YANGI YONDASHUVLAR MUHOKAMASI

Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni toʻgʻri yoʻnaltirish, talabgor kasblarga oʻqitish, taʼlim muassasalarida dual taʼlimga eʼtiborni kuchaytirish bugungi kunda gʻoyatda dolzarb masaladir. Chirchiq shahridagi “Inflow“ MCHJ XK korxonasida dual taʼlim imkoniyati va istiqbollariga bagʻishlangan amaliy seminar oʻtkazildi. Tadbirda shahar hokimi M.Abdurahimov, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi L.Gafarova, kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda maʼlum toifadagi mutaxassislik boʻyicha kadrlarga talabgor  …

Batafsil

Angrenda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan «Angren EIZ» direksiyasida viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova, direksiya rahbari G‘.Eshmirzayev, shahar hokimi oʻrinbosarlari S.Anarboyev, J.Zayniddinov hamda Angren shahridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida dual ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida dual ta’lim tizimining afzalliklari, o‘quvchilarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish va amaliyotga yo‘naltirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish …

Batafsil

“Universiada – 2025” stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

“Universiada – 2025” stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi! 30-yanvar kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Universiada – 2025” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 28 nafar sportchi-talaba ishtirok etdi. O‘yinlar murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, yakunda g‘oliblar aniqlandi. Talaba-yigitlar o‘rtasida …

Batafsil

«Worldskills» kasblar chempionatida Forum o`tkazildi

30-yanvar kuni  Samarqand shahrida «Worldskills» V Milliy kasblar chempionatida Forum bo`lib o`tdi. Forumda chet el rivojlangan davlatlardan tashrif buyurgan  bir qancha mehmonlar  qatorida O‘zbekistondagi kasbiy ta’lim tashkilotlari nomidan  Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Sayimov Maxmud Tolibovich  so‘zga chiqib,  xorijiy davlat delegatsiyasi va chempionat qatnashchilariga tizimda olib borilayotgan islohatlar, jumladan, Olmaliq tibbiyot texnikumida ta’lim sifatini oshirish …

Batafsil

Qibray politexnika texnikumi o‘quvchilari AKITAga tashrif buyurdi

30-yanvar kuni Qibray politexnika texnikumi o‘quvchilari AKITAga tashrif buyurdi. Dasturiy apparat sozlivchisi DT-47-24-guruh o`quvchilari, maxsus fan o`qituvchisi A.Abdurasulova boshchiligida,  o`quv amaliyotida kasbga bo`lgan qiziqishlarini yanada ko`proq o`rganishda AKITA Astrum akademiyasiga tashrif buyurdi. O`quvchilar uchun kampus bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi hamda universitet va uning fakultetlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. O‘quvchilar ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv dasturlari va kelajak kasblari haqida ko‘proq ma’lumot …

Batafsil

“WORLDSKILLS SAMARKAND-2025” V MILLIY ISHCHI KASBLAR CHEMPIONATI OCHILISH MAROSIMI

“WORLDSKILLS SAMARKAND-2025” V MILLIY ISHCHI KASBLAR CHEMPIONATI OCHILISH MAROSIMI Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Worldskills Uzbekistan” ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assosiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazir oʻrinbosari Sh.Daliyev hamda Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev va boshqalar soʻzga chiqib ishtirokchilarga omad tiladilar. Dastur soʻngida qatnashchilarga madaniy hordiq sifatida konsert namoyish …

Batafsil

Yangi darsliklar taqdimoti o`tkazildi

Joriy yilning 29-yanvar kuni Bekobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan 33-nomda 1708 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalar mutaxassis fan oʻqituvchilari tomonidan quyidagi fanlar boʻyicha «Xalq tabobati», «Organik kimyo», «Tibbiy psixologiya va shaxslararo munosabat» darsliklarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni yakunida oʻquvchilarga yangi kelgan darsliklar kutubxona xodimlari tomonidan foydalanish …

Batafsil

«WORLDSKILLS-SAMARKAND 2025» V Milliy kasblar chempionati

Ayni damda Samarqand shahrida bo’lib o’tayotgan «WORLDSKILLS-SAMARKAND 2025»  V  Milliy kasblar chempionatida respublikamizning turli hududlaridan 66 ta texnikumlar jamoalari qatnashmoqda. Toshkent viloyati Piskent tumani 1-son politexnikumi  jamoasi hamda  60-24 guruh o’quvchisi Lazimjonov Nodirjon Yoqubjon o’g’li ushbu chempionatda Payvandlash yo’nalishi bo’yicha ishtirok etib kelmoqda. Eslatma: Ushbu musobaqada g’olib bo’lgan yoshlar Tayvan davlatida bo’lib o’tadigan Xalqaro kasblar festivalida ishtirok etish huquqini qo’lga …

Batafsil

Oqqo’rg’on tumanida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika tanlovining 2-bosqichi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Oqqo’rg’on tuman 1-son politexnikumida Oqqo’rg’on tuman 1-son hamda 2-son politexnikumi o’quvchilari o’rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasalari o’rtasida 2-bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda ikki jamoa o’zaro bellashdilar. O’quvchi-yoshlar ekologiya va atrof-muhitni asrashga doir qonunlarning mazmun-mohiyati, tabiat ne’matlarini saqlash zarurati borasida savol-javoblar va taqdimotlar namoyish etishdi.                    …

Batafsil

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bugun Senatning majlislar zalida ayol-rahbarlar uchun tashkil etilgan o‘quv seminari ishtirokchilari bilan muloqot o‘tkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bugun Senatning majlislar zalida ayol-rahbarlar uchun tashkil etilgan o‘quv seminari ishtirokchilari bilan muloqot o‘tkazdi. O‘quv seminarda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ham ishtirok etmoqda.

Batafsil

yangi darsliklar taqdimoti boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Bekobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yangi darsliklar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu darsliklar, 33-nomda 1708 ta dona,  Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan. Darslik va oʻquv qoʻllanmalar taqdimoti mutaxassis fan oʻqituvchilari tomonidan quyidagi fanlar boʻyicha «Xirurgiya», «Operatsion xonada hamshiralik ishi», ”Mikrobiologiya”, ”Virusologiya va immunologiya» , «Tibbiy biologiya va umumiy …

Batafsil

«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» birinshi bosqichi

«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» birinshi bosqichi Joriy yilning 27-yanvar kuni Olmaliq shahar texnikumida «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» nomli respublika koʻrik-tanlovi texnikum bosqichining 1-qismi oʻtkazildi. Tanlovda 4 ta jamoa 4 ta shart bo’yicha o’zaro kuch sinashishdi. Tanlov natijalariga ko’ra «Ekolife» jamoasi g’olib deb topildi. G’olib jamoa shahar bosqichiga yoʻllanma oldi.

Batafsil

«SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASZMI?» tanlovi davom etmoqda

«SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASZMI?» tanlovi 2025-yil 27-yanvar kuni Qibray tuman texnikumida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasasi bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda o’quvchi -yoshlar ekologiya va atrof- muhitni asrashga doir qonunlarning mazmun-mohiyati, tabiat ne’matlarini saqlash zarurati borasida sahna ko’rinishlari va taqdimotlar namoyish etildi. Tanlov o’quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish va ona tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’usini shakllantirishda  muhim ahamiyat  …

Batafsil

XALQARO HAMKORLIK

2025-yilning 27-yanvar kuni Qibray tuman texnikumiga Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiya instituti hamda Rosatom Korporativ Akademiyasi rahbariyatidan iborat delegatsiya «O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida (payvandchilar tayyorlash) va ish beruvchilarga tashrif buyurish» dasturi asosida tashrif buyurdi. Tashpif “Jalb qilish nuqtalari” («Точки притяжения») loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Maqsad – O‘zbekistonda payvandlash bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash markazlari tarmog‘ini yaratish tashabbusini ishlab chiqish hamda uning …

Batafsil

Dual ta’lim joriy etilmoqda

2025 yil Olmaliq kon metallurgiya texnikumi o’z oldiga Dual ta`limni joriy etish yuzasidan ulkan maqsadlar reja qildi. Germaniya iqtisodiyoti Oʻrta Osiyodagi vakilligi AHK bilan «Olmaliq KMK» AJ uchun Olmaliq kon metallurgiya texnikumida «Metallarga ishlov berish» mutaxassisligi bo‘yicha Dual ta’lim tashkil etish doirasida oʻquv jarayonini  tashkiliy masalalarini muhokamasi olib borildi. Ish beruvchi korxona «Olmaliq KMK» AJ ning soha bosh mutaxassislari, I.Karimov …

Batafsil