Joriy yilning 17 fevral kuni Bekobod Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatlik texnikumida 2-klinik fanlar kafedrasi maxsus fan etakchi o’qituvchisi G.Xudayberdiyeva tomonidan «Akusherlik» fanidan «Tor chanoq va unda feldsher -akusherning vazifalari» mavzuda 304-guruh o’quvchilari bilan amaliy mashg’ulotdan ochiq dars o`tkazildi. Ochiq dars mashg’uloti zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o’tdi. Darsda o’quvchilar faol ishtirok …
BatafsilYangiliklar
“Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida malaka oshirish o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda
2025-yil 17–20-fevral kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul rahbarlari uchun malaka oshirish o‘quv-seminari tashkil etilmoqda. Seminarning asosiy maqsadi – oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish hamda yoshlarning intellektual salohiyati, mafkuraviy immuniteti va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdir. …
BatafsilZangiota tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi
Bugun, 15-fevral kuni, Zangiota tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari va direktor o`rinbosarlari ishtirokida navbatdagi viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda boshqarma boshlig‘i va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari texnikumdagi o‘quv va amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishib, mavjud shart-sharoitlarni o‘rgandi hamda ularning samaradorligini …
BatafsilMilliy qadriyatlar – millat va ma’naviyat ko‘zgusi
Toshkent viloyati kasbiy ta’lim muassasalarida «Milliylik qonimizda» chellenji doirasidagi “Milliy qadriyatlar – millat va ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida targ’ibot tadbirlari ko’tarinki ruhda davom etmoqda.
Batafsil14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
Bugun buyuk shoir, iste’dodli sarkarda va dono davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga 542 yil to‘ldi! Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483-yil 14-fevralda O‘zbekistonning Andijon shahrida tug‘ilgan. Boburning nomini butun dunyoga mashhur qilgan asari — «Boburnoma» bo‘lib, u nafaqat tarixiy xotira, balki hayot saboqlari, davlat boshqaruvi tajribasi va yuksak adabiy mahorat namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Boburning hayoti …
BatafsilOlmaliq shahar politexnikumida ekologiya bo‘yicha hududiy tanlov o‘tkazildi
«Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» nomli hududiy ko‘rik-tanlov Olmaliq shahar politexnikumida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov yoshlarning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlov to‘rt shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar nafaqat ekologiya bo‘yicha bilimlarini namoyon etdi, balki o‘z loyihalarini taqdim etish orqali ijodiy mahoratlarini ham ko‘rsatdi. Natijalar: 1-o`rin — …
Batafsil«Milliylik qonimizda!» chellenji boshlandi
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida «Milliylik qonimizda!» chellenjini boshlaydi. Viloyat boshqarmasi chellenjni davom ettirish uchun Olmaliq kon-metallurgiya texnikumiga navbatni topshiradi.
BatafsilOLIY TA’LIMGA TARG’IBOT
2025-yil 11-fevral kuni Qibray tuman politexnikumi bitiruvchi o’quvchi-yoshlariga Toshkent shahridagi MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filiali hodimlari tomonidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Batafsil«Lukbo textile» korxonasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi
Bugun Chirchiq shahar politexnikumi oʻquvchi-yoshlari uchun «Lukbo textile» trikotaj kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonasiga “Biznes sayohat” tashkil etildi. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda yoshlarning tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish va ularda biznes yuritishdagi ilk tasavvurlarini uyg’otish maqsadida, Chirchiq shahridagi «Lukbo textile» trikotaj kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonasiga “Biznes sayohat” …
BatafsilChirchiq davlat pedagogika universitetida Giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha o’quv seminari o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha 2024-2025-yillarga mo’ljallangan dastur ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning talabalar shaharchasida o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminarga Prezident administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazni mas’ul xodimi Ro’zimurodov Bekzod Gulmuratovich, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi etakchi mutaxassisi S.Turayev va Toshkent viloyati narkolog vrachi ishtirok etdilar. Ishtirokchilar yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashishda profilaktik …
Batafsil“Navoiyga ehtirom: she’riyat, ilm va hikmat kechasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Angren universitetida “Navoiyga ehtirom: she’riyat, ilm va hikmat kechasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir buyuk mutafakkir merosini e’zozlash, uning adabiy va ilmiy faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etdi va so‘zga chiqib, talaba yoshlarni Navoiy ijodini chuqur o‘rganishga, uning asarlaridan ibrat …
Batafsil«Mirzo Ulug’bek vorislari» ko’rik-tanloviga bag‘ishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi
2025-yil 7-fevral kuni Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanloviga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi bo‘limi mutaxassisi M.Jabborov, Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi mudiri Sh.Kamilova va bosh mutaxassisi A.Abdukadirov ishtirok etdilar. Seminarda «Mirzo Ulug’bek vorislari» ko’rik-tanlovining ahamiyati, yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini …
BatafsilYangiyo‘l tumanida dual ta’lim bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi
Yangiyo‘l tumanidagi CHIIK «ENTER STEEL» MChJ korxonasida dual ta’lim tizimi va uning afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi B.Mirzayev va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda ish beruvchi korxona vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida dual ta’lim tizimining afzalliklari, yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda korxonalar uchun malakali …
BatafsilPiskent tumanida dual ta’lim tizimi afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Piskent tumanidagi “ZEYNEP TEX” MChJ korxonasida dual ta’lim tizimi va uning afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi S.To‘rayev, Piskent tumanidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda hududdagi ish beruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi. Seminarda dual ta’lim tizimining ustunliklari, uning o‘quvchilar uchun ahamiyati va ishlab chiqarish jarayonidagi roli batafsil tushuntirildi. Xususan, bu tizim …
BatafsilDual ta’lim tizimini joriy etish jarayoni tahlil qilindi
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida Zoom orqali tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida har bir direktor bilan individual suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasalarida mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Boshqarma boshlig‘i dual ta’lim tizimini joriy etish jarayoni, amalga oshiriladigan ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, …
Batafsil
Toshkent viloyati OTFIB