YANGILIKLAR

Yangiliklar

Rеspublika olimpiadasining IV bosqichi Toshkеnt shahridagi Turin politеxnika univеrsitеti akadеmik litsеyida o’tkazildi.

        O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tеst markazining 2018 yil 10 maydagi 11 Q/B, 06 Q/B-son qo’shma buyrug’iga asosan akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlari o’quvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha Rеspublika olimpiadasining IV bosqichi 2018 yil 28-31 may kunlari Toshkеnt shahridagi Turin politеxnika univеrsitеti akadеmik …

Batafsil

Qibray tumanida “Kitob bayrami” tadbiri o’tkazildi.

       Yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish, aholi o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish va odamlarda kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shundan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida jory …

Batafsil

Toshkent shahrida Osiyo — tinch okeani mintaqasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan seminar bo’lib o’tmoqda.

      Joriy yilning 23-24 may kunlari Toshkent shahrida Osiyo — tinch okeani mintaqasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan seminar bo’lib o’tmoqda. Unesconing “Ta’lim 2030” strategik dasturi doirasida Osiyo-tinch okeani mintaqasida aholini barcha qatlamini sifatli ta’limga qamrab olish va o’qitish imkoniyatlarini kengaytirish orqali bandlik muammolarini bartaraf etishga ko’maklashih nazarda tutilgan. Ushbu seminarda kasb-hunar …

Batafsil

«Yosh innovasiyachi” ko’rik-tanlovini viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

             2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g’oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish, mazkur sohada istiqbolli yutuqlarni targ’ib qilish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli o’quvchi-yoshlar faol ishtirok etishi …

Batafsil

Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “VATANPARVARLIK DEKADASI”ning viloyat bosqichi o’tkazildi.

Joriy yil 11 may kuni «Vatanparvarlik dekadasi»ning Toshkent viloyati bosqichi Nurafshon shahar markaziy xiyobonida bo’lib o’tdi. Tadbirga viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari taklif etildi, 1850 nafar o’quvchilar hamda OAV lari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir dasturini O’zbekiston 24 kanali yozib oldi. Tadbir Nurafshon shahridagi “Ona monumenti” poyiga gullar qo’yish bilan boshlandi. Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida “VATANPARVARLIK DEKADASI” doirasida o’tkazilgan …

Batafsil

9 may – Xotira va qadrlash kuni

      Joriy yilning 9-may kuni Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi jamoasi boshqarma boshlig’i Abdulaziz Nurullaev boshchiligida  9 may – Xotira va Qadrlash kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi yangi ochilgan Xotira maydonida Ona haykali poyiga gulchambar qo’ydilar. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Mustaqilligimizni asrash va yurtimiz tinchligini ta’minlashda bukilmas iroda va jasorat namunasini ko‘rsatgan, bugungi tinch va osoyishta kunlar …

Batafsil

Chirchiq shahrida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

      Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining yakuniy — viloyat bosqichi Chirchiq shahrida bo’lib o’tdi. O’zbekiston Yoshlar ittifoqining 2018 yilga mo’jallangan ish rejasining 15 – bandi hamda 2018 yil 18 apreldagi 02 – 07/135 – sonli talabnomasini ijrosini ta’minlash va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safiga o’sib kelayotgan yoshlarni …

Batafsil

Zangiota va Toshkent tumanlarida “Yosh innovatsiyachi” hududiy ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

         2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g’oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish, mazkur sohada istiqbolli yutuqlarni targ’ib qilish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli o’quvchi-yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay …

Batafsil

“TURON” axborot-kutubxona markazida seminar-trening va ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

       Joriy yilning 23 apreldan 27 apreliga qadar “TURON” axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va kitobxonlik madaniyatini oshirish, hamda targ’ibot qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-trening va ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Unda Toshkent viloyati O’MKHTB tasarrufidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ARM rahbarlari va …

Batafsil

«Kasb-hunar kolleji o’quvchi yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash»maqsadida o’quvchilar yod olinishiga tavsiya etilgan she’rlar.

O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi Markazining 27 fevral 2018 yil №129 sonli Buyruqning 3-ilovasidagi o’quvchilar tomonidan yod olinishiga tavsiya etilgan she’rlar. “O`ZBEGIM” (Qasida) Erkin VOHIDOV Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. So‘ylasin Afrosiyobu So‘ylasin O’rxun xati, Ko‘hna tarix shodasida Bitta marjon, o‘zbegim. Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Forob avlodidan, Asli nasli balki O’zluq, Balki Tarxon, …

Batafsil

Barcha kasb-hunar kollejlarida 1-juftlik darslari Davlat madhiyasini jo’r bo’lib kuylash bilan boshlanmoqda.

Kasb-hunar kollejlarida ta’lim tarbiya jarayonining pirovard maqsadi — o’quvchilarni vatanparvar, el-yurtiga, xalqiga, Prezidentiga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashdan iborat ekanligi belgilandi. Kasb-hunar ta’limi tizimi yangi bosqichda, endi Davlat madhiyasi  kollej o’quvchilari uchun vatanparvarlik, faxr va iftixor timsoliga aylanmoqda! Jumladan Chirchiq shahridagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilari 1-juftlik darslari Davlat madhiyasini jo’r bo’lib kuylash bilan boshlanmoqda. Chirchiq qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kolleji Chirchiq …

Batafsil

Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasini TELEGRAMda kuzating.

Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasini endi TELEGRAMdan kuzatib borishingiz mumkin. Buning uchun @tvsspo kanaliga a’zo bo’ling yoki quyidagi linkni https://t.me/tvsspo tanlang va yangiliklarni kuzatib boring. www.tvsspo.uz-internetdagi web manzilimiz toshkent@markaz.uz-e-mail pochta Manzili: Qibray tumani, Qoramurt ko’chasi 1-uy, indeks 111200. Transport: 533, 520 raqamli avtobuslarning «Lakomativ» bekati (mo’ljal: Agrar Universitet oxirgi chorraxasi) Telefon: (+998 71) 150-52-10 Faks: (+998 71) 150-40-35 Ishonch telefoni: 10-06

Batafsil

«O’quvchi-yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda psixologik xizmatning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.

          Joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent  viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida “O’quvchi-yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda  psixologik xizmatning ahamiyati” mavzusida  viloyat amaliy seminari o’tkazildi. Seminar ishida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Nurullaev, Baytqo’rg’on jom’e masjidi imom xatibi A.Abdujabborov,  ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari, psixologlar (241 nafar) ishtirok etdilar. O’quvchilar o’rtasida sodir etilayotgan …

Batafsil

Tosh ko’tarish bo’yicha O’zbekiston chempionatida Bekobod tumani qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji o’quvchisi g’olib bo’ldi.

       2018 yil 30 mart — 04 aprel kunlari Sirdaryo viloyati  Baxt shahrida, “O’zbekiston Bahodirlar o’yinlari va tosh ko’tarish federasiyasi” tomonidan o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida Toshkent viloyati  Bekobod tumani  qishloq xo’jalik kasb — hunar kollejining  2 — bosqich o’quvchisi  Abdulakimov Abdulla Abdug’ani o’g’li  60 kg vaznli qatnashchilar orasida 24 kglik giryani (tosh) 66 marotaba ko’tarib O’zbekiston chempionati g’olibligini qo’lga …

Batafsil

Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun test sinovlari muddati 1 avgustdan 15 avgustgacha ikki smenada o’tkaziladi.

        Joriy yilning 3 aprel kuni oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining messenjerdagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi. Qaror bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o’qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga asosan: — o’qishga qabul qilish to’g’risidagi arizalar esa har yili 15 …

Batafsil